Ijtimoiy Fanlar Fakulteti, Gumanitar Fanlar Kafedrasining Takliflari:
03.01.2025 09:10:08 2
2025-yil 3-yanvar kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti, Gumanitar fanlar kafedrasining rektor bilan ochiq muloqotida ilm, ta’lim va tarbiya yo‘nalishidagi muammolar, natijalar va rejalar muhokama qilindi.
Kafedra tomonidan taqdim etilgan asosiy takliflar quyidagilar:
- Dual ta'limni rivojlantirish: 4+2 amaliyotini tizimli yo‘lga qo‘yish.
- "Faylasuflar forumi"ni tashkil etish: Ilmiy fikr va muhokamalarni rivojlantirish maqsadida.
- Ixtisoslashgan ilmiy adabiyotlardan foydalanish: Talabalar o‘rtasida ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tanlov tashkil etish.
- "Talaba talabaga targ‘ibotchi" shiori ostida: Talabalar tomonidan maqsadli darslar tashkil etish.
Ushbu takliflar ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish va ilm-fan sohasidagi yangi yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan bo‘lib, fakultetning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.