Namangan Davlat Pedagogika Institutida O‘sh Davlat Universiteti Professor-o‘qituvchilari Bilan Uchrashuv Bo‘lib O‘tdi
31.01.2025 08:56:01 22
Bugun Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universitetidan institut talabalari uchun mahorat darslari hamda seminar-treninglar tashkil etish uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institut rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Xususan, O‘sh davlat universitetidan Institut direktori Azimov Bektur Abdirahmonovich, kafedra mudiri Joldoshev Tolkunbek Mamıtovich, Dotsent Pirmatov Abdymanap Ziyaydinovich hamda bir guruh professor-o‘qituvchilar, doktorantlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ikki oliygoh oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengashtirish, mahorat darslari tashkil etish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish boʻyicha kelishib olindi.
Rasmiy uchrashuv soʻnggida tashrif buyurgan mehmonlarga institutning ramziy esdalik sovgʻasi topshirildi.