"Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.
20.12.2024 09:32:18 4
Namangan davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti N.Valiyeva tomonidan Boshlang'ich ta'lim 1-bosqich talabalari ishtirokida Dinshunoslik fanidan "Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. Dars mashg'ulotida bir qator kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Mashg'ulot davomida talabalarning guruh bo'lib ishlash "aqliy hujum", slayd, krossvord, quiz test metodlari va qiziqarli savol-javoblar asosida bilim va ko'nikmalari mustahkamlandi.
Yakunda professor-oʼqituvchilar mashg'ulot hamda unda talabalarning faolligi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.