English English English

Qo'qon shahriga ilmiy-madaniy sayohat

  25.02.2025 13:03:06    39


Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo'nalishi 2-bosqich talabalari Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Baxtiyor Ataxanov boshchiligida Qo'qon shahriga ilmiy-madaniy sayohatni amalga oshirishdi.


Qo'qon shahriga ilmiy-madaniy sayohat


Talabalar Qo'qon shahrida joylashgan "Xudoyorxon o'rdasi" tarixiy-madaniy majmuasining bunyod etilishi tarixi, saqlanayotgan moddiy-madaniy meroslarning saqlanishiga oid muhim ma'lumotlarni oldilar.

Qo'qon xoni Umarxon davrida bunyod etilgan "Jom'e masjidi" majmuasiga tashrif buyurib, uning qurilishi tarixi va o'ziga xos jihatlari haqida ilmiy ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Shuningdek, talabalar Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammad Aminxo'ja og'li Muqumiyning uy muzeylariga ham tashrif buyurib ma'rifatparvarlarning hayot va ijod yo'li bilan yaqindan tanishdilar.


Qo'qon shahriga ilmiy-madaniy sayohat Qo'qon shahriga ilmiy-madaniy sayohat Qo'qon shahriga ilmiy-madaniy sayohat