English English English

Iqtidorli talabamizdan navbatdagi natija

  15.03.2026 13:42:18    9


Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumanida saralash bosqichi o‘tkazildi.


Iqtidorli talabamizdan navbatdagi natija


Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi talabaimiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 2 mln. 60 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldilar.

Olimova Odina Ma'rufjon qizi - Ijtimoiy fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 3-bosqich talabasi.

E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Farg'ona viloyati Quva, Furqat tumani, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanlari bosqichlarida ham 9 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 10 nafarni tashkil etib, jami 20 million 600 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.

Ma'lumot uchun 11-mart kuni tanlovning Uychi tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.


Iqtidorli talabamizdan navbatdagi natija Iqtidorli talabamizdan navbatdagi natija