Slovakiyada o‘qish uchun grant imkoniyati yaratildi
01.05.2026 14:27:41 2
Slovakiyaning Toshkentdagi elchixonasi 2026-2027 o‘quv yili uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun maxsus stipendiya dasturini e’lon qildi.
Mazkur dastur doirasida slovak universitetlarida bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun 2 nafar nomzodga grant ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu NamDPI talabalari uchun Yevropaning nufuzli ta’lim dargohlarida bilim olish va xalqaro tajriba orttirish uchun noyob imkoniyatdir.