📌Intellektual duel: Amir Temur merosi tahlil markazida
08.04.2026 22:44:23 15
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar kengashi tashabbusi bilan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlarning tahliliy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan “Munozara va debat” turniri yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur intellektual platforma doirasida ishtirokchilar:
— Ritorika va argumentatsiya ko‘nikmalarini namoyon etdi;
— Tarixiy jarayonlarga tanqidiy va akademik yondashuv asosida retrospektiv tahlil olib bordi;
— Amir Temur shaxsiyati misolida davlatchilik, strategiya va siyosiy tafakkur masalalarini ilmiy asosda yoritdi.
Turnirning asosiy qadriyati natijadan ko‘ra jarayonning mazmun-mohiyatiga qaratilib, har bir ishtirokchi Sohibqironning “Kuch — adolatdadir” tamoyilini zamonaviy tafakkur orqali talqin etdi.
#YoshlarKengashi #Munozara #Debat #AmirTemur #IntellektualRivoj