English English English

Kasbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

  01.04.2025 17:32:57    31


Namangan davlat pedagogika institutida Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari va Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun kasbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Kasbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent harbiy okrugi 71201 harbiy qism psixologi, kapitan Bekmurod Mo’minov ishtirok etib, talabalar bilan o‘z kasbiy tajribasini o‘rtoqlashdi.

Davra suhbatida pedagogik-psixologik bilimlarning ahamiyati, kasbiy faoliyatda muhim bo‘lgan psixologik kompetensiyalar, stressga chidamlilik, inson psixologiyasini tushunish va samarali muloqot olib borish ko‘nikmalari haqida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mazkur uchrashuv bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga, ularning pedagogik faoliyatida muhim bo‘lgan psixologik bilimlarini boyitishga xizmat qiladi.


Kasbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi Kasbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi Kasbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi