“UNIVERSIADA — 2024” WORKOUT: NAMANGANDA HUDUDIY BOSQICH QIZG‘IN RUHDA O‘TDI!
11.04.2025 21:18:45 31
Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning Workout yo‘nalishi bo‘yicha “Universiada — 2024” musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli bellashuvda viloyatdagi 11 ta OTMdan 10 ta jamoa, jami 90 nafar eng chaqqon va iqtidorli talabalar ishtirok etdi!
Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch-g‘ayrati bilan kurashdi. Zo‘r raqobat, motivatsiya, shijoat – barchasi bu musobaqaning ajralmas qismiga aylandi!
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-o‘rin – Namangan davlat pedagogika instituti (NamDPI)
2-o‘rin – Turon universiteti
3-o‘rin –Namangan davlat niversiteti (NamDu)
3-o‘rin – Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti (NamCHTI)
4-o‘rin – Impuls tibbiyot instituti
G‘olib jamoalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi Respublika final bosqichida Namangan viloyati sharafini himoya qiladi.
Namangan davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalarini ushbu muvaffaqiyati bilan butun institut jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz. Respublika bosqichida zafarlar tilaymiz!