NamDPIda Prezident farmoni ijroda
11.12.2025 08:49:29 2
Namangan davlat pedagogika instituti talabalari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli, Pop tumani Uyg‘ursoy shaharchasida joylashgan 2-mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi.
Namangan davlat pedagogika instituti talabalari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli, Pop tumani Uyg‘ursoy shaharchasida joylashgan 2-mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genefondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmoni ijrosi yuzasidan Namangan davlat pedagogika instituti talaba-yoshlarining jazoni ijro etish koloniyasiga tashriflari tashkil etildi.
2-mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif davomida talabalar muassasa hayoti va undagi tartib qoidalar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, institut mas'ullari, hamda muassasa rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida jazoni oʻtayotgan mahkumlar hayotidan maxsus lavha namoyish etildi hamda giyohvandlik va narkojinoyatlarni sodir etgan fuqaro mahkumlar bilan suhbat jarayonida bunday jinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan talabalar ogohlikka chaqirildi.
Bu kabi loyihalar talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish hamda uni erta profilaktikasini amalga oshirilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Tomonlar maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy-ijtimoiy sohalarda oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib, bu har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlishini bildirdilar.