"Men xonadonimda koʻchat ekdim" chellenji
03.03.2025 17:01:45 25
Namangan davlat pedagogika institutida "Yashil makon"umummilliy loyihasi doirasida "Men xonadonimda koʻchat ekdim" chellenjiga start berildi.

Ushbu chellenjni Aniq fanlar kafedrasi mudiri, dotsent A.Matkarimov hamda shu kafedra oʻqituvchisi I.O'ktamaliyev davom ettirib, oʻz yashash xonadoniga mevali daraxtlar ekishdi.
Tabiatni asrab-avaylash, uning goʻzalligiga hissamizni qoʻshish barchamizning burchimiz va vazifamizdir.
Hurmatli professor-oʼqituvchilar, xodimlar "Yashil makon" umummilliy loyihasida Siz ham faol ishtirok eting!