English English English

OTM-davlat - nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi!

  16.11.2024 09:19:13    3


Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda ilgʻor xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish orqali davlat va nodavlat sektordagi tashkilotlarni sifatli kadrlar bilan taʼminlash maqsadida OTMdagi “Karyera markazi” faoliyatini transformatsiya qilinib hamkorlikda ishlar olib borilgan edi.


OTM-davlat - nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi!


Mazkur yoʻnalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida agentlik Namangan viloyati filiali hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud “Karyera markaz”lari faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida qoʻshma chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, bugun Namangan davlat pedagogika institutining bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda institut rahbariyati hamda Agentlik filiali masʼullari ishtirok etdi.
“Karera markaz”ining asosiy vazifasi – oliy taʼlim muassasasi, davlat va nodavlat sektordagi tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlashdan iborat.

Seminar davomida “Karyera markazi” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda davlat tashkilotlaridagi vakant lavozimlar uchun tashkil etilayotgan ochiq tanlovlarda ishtirok etish tartiblari haqida tushunchalar berildi.

Seminar yakunida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


OTM-davlat - nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi! OTM-davlat - nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi! OTM-davlat - nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi! OTM-davlat - nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi! OTM-davlat - nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi! OTM-davlat - nodavlat sektor hamkorligi – sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi!