"Moziyga sayohat"
21.01.2025 17:59:30 7
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalarining 2025-yil yanvar-iyun oylari davomida "Moziyga sayohat" dasturini tashkil etish doirasida talaba-yoshlarni davlat muzeylari va tarixiy manzilgohlarga tashriflarini tashkil etish rejasiga asosan bugun Pedagogika fakulteti talabalari To'raqo'rg'on tumanidagi Is'hoqxon Ibrat va qatag'on qurbonlari xotira muzeyiga tashrif buyurishdi.
✅Tashrif davomida talabalar tarixiy me'morchilik obidasida barpo etilgan Is’hoqxon Ibrat muzeyi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Muzeyda Is’hoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.