English English English

“STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz”

  18.12.2025 08:26:37    18


Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi hamda Namangan shahar “Aqlli bolajonim” DXSH NMTT hamkorligida pedagog-tarbiyachilar, tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari va talabalar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.


“STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz”


Dotsent N. Ismailova tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur mahorat darsining asosiy maqsadi talabalarda STEAM, o‘yin texnologiyalari va tajribalar orqali o‘rganish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, MTT tarbiyachilari va talabalar o‘rtasida tajriba almashish hamda bolalarda ijodkorlik, mantiqiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida MTT direktori Dilbar Rashidova va tajribali tarbiyachilar tomonidan maktabgacha ta’limda 5 ta rivojlanish markazi asosida tashkil etilgan ta’limiy faoliyatlar, noan’anaviy rasm chizish, didaktik o‘yinlar, tabiat bilan tajribalar hamda sensomotorikani rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar namoyish etildi.

Mahorat darsida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari bolalar bilan bevosita hamkorlikda o‘yinlar o‘ynab, rasm chizib, STEAM loyihalar ustida ishladilar va nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.


“STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz” “STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz”