English English English

Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori

  16.12.2025 21:46:48    39


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 189-sonli Farmoni asosida mamlakatda sun’iy intellektni rivojlantirish hamda uni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga keng joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu farmon ijrosidan kelib chiqib, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim sohasida faol qo‘llash zarurati tobora ortib bormoqda.


Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori


Shu munosabat bilan kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/eduuz/41152)

Mazkur farmon va forum doirasida belgilangan vazifalar asosida Namangan davlat pedagogika institutida ham sun’iy intellektni rivojlantirish va uni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash bo‘yicha strategik maqsadlar belgilab olindi. Jumladan, institutda Sun’iy intellekt pedagogik markazi tashkil etildi, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha rektor maslahatchisi tayinlandi.

Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan institutda sun’iy intellektni rivojlantirish va uni ta’limda qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Sun’iy intellekt pedagogik markazi xodimlari hamda sun’iy intellekt va ta’lim integratsiyasi bo‘yicha dissertatsion tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilish yakunida kelgusida institutda sun’iy intellektni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilandi. Xususan, sun’iy intellektni rivojlantirish uchun zamonaviy va murakkab laboratoriya qurilmalari xarid qilindi.

Shuningdek, sun’iy intellekt yo‘nalishida pedagoglar malakasini oshirish maqsadida davriy seminarlar tashkil etish, xorijda malaka oshirishlarini ta’minlash, hamda grant loyihalarni shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilishi belgilab olindi


Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori Sun’iy intellekt – ta’lim kelajagining strategik poydevori