English English English

Iqtidorli talabalarimizning ilmiy yutuqlari yangi marralarni zabt etmoqda.

  30.03.2026 14:20:04    18


Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Namangan viloyati Kosonsoy tumani hamda Namangan shahri saralash bosqichi o‘tkazildi.


Iqtidorli talabalarimizning ilmiy yutuqlari yangi marralarni zabt etmoqda.



🏆Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi talabalarimiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 6 mln. 180 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldi.

🎖Adashaliyeva Mexribonu - Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika: logopediya yo'nalishi talabasi;
🎖Narzullayeva Gulirano - Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi talabasi;
🎖Abdurshidov Fozilbek - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi.

Shuningdek quyidagi talabalarimizning loyihalari "Eng yaxshi ilmiy-innovatsion loyiha" sifatida alohida e'tirof etildi:
🎖Nabixonova Masturaxon
🎖Mahkamjonov Samandar

👍E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Uchqo'rg'on, Uychi, Toʻraqoʻrgʻon, Chust, Kosonsoy, Farg'ona viloyati Quva, Qo'shtepa, Furqat, Quvasoy shahri, Navoiy viloyati Qiziltepa, Andijon viloyatining Ulug'nor, Izboskan, Paxtaobod, Shaxrixon, Baliqchi tumanlari bosqichlarida ham 22 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 25 nafarni tashkil etib, jami 51 million 500 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.