“Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yuzasidan muhim vazifalar belgilandi
27.01.2025 09:19:33 3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining “Oliy taʼlim muassasalarida “Oliy taʼlim muassasasi beshligi”ni tashkil etish hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda soha vakillari qo‘shma qarorning mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdilar hamda guruh aʼzolarining huquq va majburiyatlarini tushuntirdilar.
Yig‘ilish yakunida “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzoligiga qabul qilingan yangi aʼzolarga guvohnomalar topshirildi.