English English English

IQTIDORLI YOSHLAR SARALANDI VA RAG‘BATLANTIRILDI!

  29.05.2026 11:39:03    5


Joriy yilning 25-aprel kuni Namangan davlat pedagogika institutida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, iste'dodini yuzaga chiqarish hamda ilmiy-ijodiy faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Tabiiy fanlar NamDPI Olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.


IQTIDORLI YOSHLAR SARALANDI VA RAG‘BATLANTIRILDI!


Mazkur olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli hamda 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi. Olimpiadada Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ikki bosqichli - yozma hamda amaliy yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

Olimpiadaning ochilish marosimida o'quv ishlari bo'yicha prorektor A.Abdunazarov, rektor maslahatchisi M.Xodjayev, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi bo'limi boshlig'i J.Yuldashev,  Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i R.Tursunov, kafedra mudirlari N.Abdullayev, A.Matkarimov, kafedra professor-o'qituvchilaridan professor U.Boboxodjayev, dotsent. Sh.Inoyatov, dotsent D.Yusupov, katta o’qituvchilar B.O’ktamaliyev, A.Saydaliyev va mas'ul xodimlar, o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Tadbirda yosh avlodning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy bilimlar sari yetaklash va kelajakda malakali mutaxassis etib tarbiyalash masalalariga alohida urg‘u berildi.

Dastlab institutning Axborot-resurs markazida fanlar bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tumanlarda joylashgan o‘quv-ilmiy metodik markazlarda saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan 90 nafardan ziyod iqtidorli o‘quvchilar qatnashib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Natijalarga ko‘ra, har bir fan bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 10 nafardan ishtirokchi final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Yakuniy bosqich amaliy topshiriqlar asosida tashkil etilib, unda har bir yo‘nalish bo‘yicha munosib g‘oliblar aniqlandi. Nizomga muvofiq, birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha Namangan davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqichiga imtiyozli qabul qilinish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Shundan so‘ng, g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar barcha yosh ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, omad va yutuqlar tiladilar. Tanlov g‘oliblari hamda faol qatnashgan o‘quvchi-yoshlar maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.


IQTIDORLI YOSHLAR SARALANDI VA RAG‘BATLANTIRILDI! IQTIDORLI YOSHLAR SARALANDI VA RAG‘BATLANTIRILDI! IQTIDORLI YOSHLAR SARALANDI VA RAG‘BATLANTIRILDI!