Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlari kafedrasi tomonidan Mingbuloq tumanidagi ixtisoslashgan maktabning 10–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
20.11.2025 08:40:19 5
Tadbir davomida Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri S. Botirova davlat bayrog‘ining ma’naviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari N. Zaynobiddinova, A. Abdullayev, A. Qambarov esa kiberxavfsizlik, kibermadaniyat, oliy ta’lim imkoniyatlari, shuningdek, kelajakda yo‘nalish tanlash kabi dolzarb mavzularda muloqot olib bordilar. Internet makonida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar yuzasidan videoroliklar namoyish qilinib, raqamli makonda mas’uliyatli va ehtiyotkor yurish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. O‘quvchilar o‘z maqsadlari, kelajak rejalari va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.