YANGI YIL, YANGI UMIDLAR, YANGI QADAMLAR
18.12.2025 08:31:02 14
Pedagogika fakulteti BTS-DU-22, BTS-FU-22 va BTS-GU-22 talabalari tomonidan “Yangi yilning birinchi qadami” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir yangi yil ruhini aks ettirgan qiziqarli va mazmunli dastur asosida o‘tkazildi.
Tadbir davomida guruhlar o‘rtasida ijodiy chiqishlar namoyish etildi. BTS-DU-22 guruhi yangi yil mavzusidagi she’riy va musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etdi. BTS-FU-22 talabalari ekologik toza materiallardan foydalangan holda yangi yil ramzlarini aks ettirgan ijodiy ishlari bilan qatnashdi. BTS-GU-22 guruhi esa raqs va teatr elementlarini uyg‘unlashtirgan chiqishlar bilan tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi.
Tadbirda fakultet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, talabalarning ijodkorligini yuqori baholadilar hamda yangi yilda ularga muvaffaqiyatlar tiladilar. Tadbir talabalarda hamkorlik va do‘stlik ruhini yanada mustahkamladi.