Xalqaro tajriba: ilmiy faoliyatga yo’naltirilgan pedagogika asoslari
20.04.2026 14:11:37 26
Namangan davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o’qituvchilari Sankt-Peterburg shahrida ilmiy safarlarini davom ettirishmoqda.
Xalqaro tajriba: ilmiy faoliyatga yo’naltirilgan pedagogika asoslari
Namangan davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o’qituvchilari Sankt-Peterburg shahrida ilmiy safarlarini davom ettirishmoqda.
A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika institutida vakilarrimiz navbatdagi muhim o’quvlar ishtirokchilariga aylandilar. Jumladan, talabalarning ilmiy faoliyati tahlilida e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan muhim jihatlar, bitiruv malakaviy ishlar va magisterlik dissertatsiyalarini baholashda ekspert faoliyati mezonlari namanganlik olimlar va ularning peterburglik hamkasblari tomonidan o’rganildi.
Ilmiy tajriba almashinuvi natijalariga ko’ra NamDPI vakillari takliflari asodida “Talaba, tadqiqotchi va ilmiy rahbar” loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqildi va xorijlik ekspertlar e’tirofiga sazovor bo’ldi.
Shuningdek, olimlarimiz institutimiz an’analariga ko’ra A.I.Gersen nomidagi RDPUda ham “Milliy qadriyatlar kunini” ko’tarinkilik bilan nishonladilar.