"KELAJAK SOATI" RUKNI OSTIDA "MA'RIFAT DARSI" O'TKAZILDI
28.10.2025 22:42:25 14
Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov “Kelajak soati” rukni ostida “O‘zbekiston va jahon” mavzusidagi “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlarini olib bordi.
Darsning umumiy maqsadi – talabalarni O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, roli va ahamiyatini chuqur anglashga, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishtirishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Aniq maqsadlar:
– Talabalarga Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganining ahamiyatini tushuntirish;
– Yangi O‘zbekiston tashabbuslari haqida keng tasavvur hosil qilish;
– O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglash;
– Prezidentimiz olib borayotgan xalqaro siyosatning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish.
Asosiy g‘oya:
“O‘zbekiston va jahon” mavzusi yoshlarni zamonaviy dunyodagi global jarayonlar va mamlakatimizning ulardagi ishtirokini chuqur anglashga yo‘naltiradi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston siyosiy barqarorlik, iqtisodiy islohotlar, madaniy aloqalar va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishgani alohida ta’kidlandi.
Mashg‘ulot davomida talabalar O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, xalqaro tashkilotlardagi faoliyati, hamkorlik aloqalari hamda milliy qadriyatlarni dunyoga targ‘ib etish zarurati haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.
Dars yakunida talabalar milliy g‘urur, yurt sha’nini himoya qilish va global jarayonlarda faol fuqarolar sifatida ishtirok etish zarurligi haqidagi tushunchalarni mustahkamlab oldilar.