"Bugun eng baxtli kun" mavzusida psixologik trening dasturi tashkil etdi.
23.11.2024 09:13:51 3
Namangan davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar psixologi N.Tajiboyeva "Xalqaro psixologlar kuni" munosabati bilan TTJda istiqomat qilayotgan talaba-qizlarimiz ishtirokida "Bugun eng baxtli kun" mavzusida psixologik trening dasturi tashkil etdi.
Treningdan asosiy maqsad shuki, qizlarning xarakter-xususyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy, depressiv, suisidual holatlarni oldini olish hamda ularning ruhiy olamini yaxshilashdan iboratdir.
Psixologdan maslaxat!
O'z-o'zini rivojlantirish haqida inkor etilmaydigan haqiqatlar:
Olingan bilim sizning o'sishingiz va rivojlanishingiz uchun kafolat bermaydi, asosiysi uni qo'llay olish;
Harakatsiz yaxshi g'oya hech narsa emas;
Imkoniyatlarni izlash kerak emas, balki yaratish kerak;
Bugun boshlamagan narsangiz ertaga tugamaydi, shuning uchun kechiktirmang;
Siz nima qilsangiz, shuncha qilishni davom ettirsangiz, siz olgan narsangizni olishga davom etasiz;
O'zgarishlardan qo'rqmang: aksariyat hollarda ular aynan kerakli paytda ro'y beradi;
Intizom kerak, shunda siz eng ko'p istagan narsangiz va hozirda xohlagan narsangiz, har doim birinchisini tanlaysiz.