“Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”
19.01.2025 17:53:55 2
Namangan davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularidagi insholar tanlovining institut bosqichi gʻoliblari aniqlandi!
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusi bo'yicha:
1-o'rinni: Burhonova Saodat Rustamjon qizi - Pedagogika fakulteti, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi;
2-o'rinni: Qodirova Sarvinoz Erkinjon qizi - Pedagogika fakulteti, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi;
3-o'rinni: Abdullayeva Hilola Xabibullo qizi Ijtimoiy fanlar fakulteti, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi egalladi.
“Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” mavzusi bo'yicha:
1-o'rinni: Xomidjonova Saidaxon Xaliljon qizi - Pedagogika fakulteti, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi;
2-o'rinni: Qurvonaliyeva Rayhona Baxromali qizi - Pedagogika fakulteti, Pedagogika yo'nalishi 1-bosqich talabasi;
3-o'rinni: Xasanboyeva Sevara Javlonbek qizi - Pedagogika fakulteti, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi egalladi.
Tanlovning institut bosqichi g‘oliblari institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning 1 barobari miqdorida bir martalik rag‘batlantiriladi.
Maʼlumot uchun:
Tanlovning mutloq g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1o‘rin – 8 000 000 so‘m;
2o‘rin – 6 000 000 so‘m;
3o‘rin – 5 000 000 so‘m;
4 G'olib talabalarni tabriklaymiz!
Ishtirok etgan barcha talabalarga minndatdorchilik bildiramiz!