English English English

2025-yilda dasturchi qizlar soni 2 barobar oshiriladi

  17.02.2025 11:05:41    45


Davlatimiz rahbarining 2025-yil 14-fevral kuni mamlakatimiz yoshlari bilan ochiq muloqoti Yangi O'zbekiston yoshlari, ayniqsa, xotin-qizlar hayotida ham muhim tarixiy voqea bo'ldi.
Davlatimiz rahbari so'zining avvalida azmu shijoatli, navqiron yoshlar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirib, ularning timsolida Yangi O'zbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini ko'rayotganini ta'kidladi.
O'tgan yili 25 ming nafar qizlar IT bo'yicha bepul o'qitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. Ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi, — dedi Davlatimiz rahbari.


2025-yilda dasturchi qizlar soni 2 barobar oshiriladi


Albatta, bunday e'tibor natijasida xotin-qizlar orasida innovatsion hamda startap loyihalar yanada rivojlanadi. O'zbekiston iqtidorli yoshlarga boy va texnologiyaga intiluvchan, ijodkor qizlarimiz har doim oldingi saflarda.
Xotin-qizlarning texnologiya sohasidagi imkoniyatlarini oshirish bu milliy g'urur va kelajakka sarmoya. Bu uchun muhtaram Prezidentimizning bevosita e'tibori natijasida har bir qizning raqamli dunyoda o'z hissasini qo'shishi, inklyuziv va innovatsion qobilyatini namoyon qilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Men ishonch bilan ayta olamanki, axborot texnologiyalari rivojlangan zamonaviy dunyoda nafaqat erkaklar, balki ayollar ham IT sohasida muvaffaqiyatga erishibgina qolmay, innovatsion yechimlar orqali global muammolarni hal qilishda ham katta hissa qo'shadilar.

Goʻzal TAJIBOYEVA,
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi