“Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifati” maxsus kursi joriy etildi
11.12.2025 08:47:58 2
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi O‘zbekiston – barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” nomli maxsus kurs Namangan davlat pedagogika instituti o‘quv jarayoniga tizimli ravishda joriy etildi.
Mazkur kursni samarali o‘qitish maqsadida institutda tegishli dars jadvallari shakllantirildi, o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan tartibda o‘tkazilishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar tomonidan darslar yuqori saviyada tashkil etilib, talabalarga kursning mazmun-mohiyati chuqur yetkazilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, barqaror rivojlanish tamoyillari, tinchlikni mustahkamlash siyosati hamda islom ma’rifatining xalqaro nufuzi haqida atroflicha ma’lumot berilmoqda.