English English English

"Mardlik va jasorat" uchrashuvi

  10.01.2025 09:06:32    4


14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi aʼzolari Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, talabalar bilan "Mardlik va jasorat" uchrashuvi oʻtkazildi.


"Mardlik va jasorat" uchrashuvi


 

Dastlab, institut birinchi prorektori A.Isoqboyev tashrif buyurgan mehmonlarni mazkur bayram bilan tabriklab, talaba-yoshlarga mazkur bayram mohiyatini tushuntirib oʻtdi.

Faxriylar ham soʻz olib o'zlarining yoshlik davri, urush voqealari haqida qiziq ma'lumotlarni aytib, yosh avlod vakillariga vatanparvarlik insonni yuksaltirishini, Vatanning bir qarich tuprogʻi ham aziz ekanligi, uni asrab-avaylash har bir insonning muqaddas burchi ekanini taʼkidlab oʻtishdi.

Uchrashuv mehmonlarning xotiralari bilan yanada qiziqarli kechdi. Talabalar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Uchrashuv soʻnggida faxriylarga institutning esdalik sovgʻalari topshirildi.


"Mardlik va jasorat" uchrashuvi "Mardlik va jasorat" uchrashuvi "Mardlik va jasorat" uchrashuvi "Mardlik va jasorat" uchrashuvi "Mardlik va jasorat" uchrashuvi "Mardlik va jasorat" uchrashuvi "Mardlik va jasorat" uchrashuvi "Mardlik va jasorat" uchrashuvi