"YOSHLAR – XALQIMIZNING, VATANIMIZNING OLTIN FONDI"
16.02.2025 11:04:26 34
2025-yil 14-fevral kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Men buyuk el farzandiman" umummilliy harakati yoshlarning ma’naviy kamoloti va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi. Ilgari oliy ta’limda 1 ta o‘rin uchun kamida 10-12 nafar yigit-qiz kurash olib borar edi, oliygohlar soni 3 barobar oshirildi, qamrov 42 foizga yetdi. “Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz”,
— dedi yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev.

Shuningdek, uchrashuvda "Yoshlar daftari" orqali amalga oshirilayotgan ishlar, bandlik masalalari va kelajak rejalar haqida ham so‘z yuritildi. Bu esa davlatimiz tomonidan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar izchil davom etayotganining yorqin isbotidir. Prezidentimizning biz yoshlarga qarata "Sizlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman" degan so'zlari meni yanada ruhlantirdi. Men ham yosh avlod vakili sifatida O‘zbekistonning ravnaqi, uning dunyoda eng rivojlangan va ilg‘or davlatlardan biriga aylanishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, kelajakda o‘z kasbimning yetuk mutaxassis bo‘lish va yurtimga foydam tegishi – mening eng katta maqsadlarimdan biridir.
Shu bois, barcha yoshlarni faollik, izlanuvchanlik va Vatan uchun xizmat qilishga chorlayman!
Sarvinoz AXMADJONOVA,
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Texnologik ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi, guruh koordinatori