"Eng yaxshi xizmatlari uchun"
13.02.2025 10:47:20 25

"Scientific Academy " ilm-ma‘rifat markazi va "Best Publication" ilmiy tadqiqotlar markazining MDH Koordinatori, Turon FA Vitse-Prezidenti, Akademik S.U. Azamova tomonidan yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishga va shon-shuxratini oshirishga munosib hissa qo'shayotganligi, Vatanimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtiroki, kasbiga sadoqatli, fidokorona mehnat qilishi,
o‘z sohasida yuqori malakali, kuchli axloqiy me‘yorlarga ega bo'lgan va jamoat manfaatlari yo‘lida mehnat qilganligini munosib rag'batlantirish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy tanloviga Turon Fanlar Akademiyasi Namangan filialining 2025-yil 15-yanvardagi Prezidium qaroriga asosan tavsiya etilgan Namangan davlat pedagogika instituti rektori Xusanov Bahodir Ergashevich eng yaxshi munosib nomzod deb e'tirof etilib, "Eng yaxshi xizmatlari uchun" xalqaro esdalik nishoni topshirildi.