Noanʼanaviy dars mashgʻuloti
14.03.2025 10:54:39 68
Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi S.Sulaymonova boshchiligida Oila pedagogikasi fanidan amaliy mashg’uloti noanʼanaviy uslubda tashkil etildi.

Pedagogika yo’nalishi talabalari dars doirasida "Nodirabegim" kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar mavzu bo’yicha ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishdi va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, pedagogik faoliyat bo’yicha ko‘nikma xosil qildilar.
Bundan tashqari talabalar kutubxonaning ilmiy bibliografik bazasidan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Talabalar ekskursiya davomida yoshlarning intellektual va ijodiy qobilyatlarini yuzaga chiqarib, yanada kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar yaratilganligiga guvohi bo‘lganliklarini bildirishdi.