Talabalar karnavali
24.12.2024 10:30:19 37
24-dekabr kuni Ijtimoiy fanlar fakultetida “Talabalar karnavali” shiori ostida Yangi yil bayrami tashkil etildi.

Talaba yoshlarga bayram kayfiyatini ulashish, ularning iste'dod va iqtidorlarini kashf etish, shuningdek, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan “Talabalar karnavali” tashkil etildi. Karnavalni institutning birinchi prorektor A.Isoqboyev, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalovlar ochib berishdi.
Unutilmas xotiralarga, eng yuqori energiyaga va bayram kayfiyatiga boy bo'lgan “Talabalar karnavali” davomida faol talabalar tomonidan “Maskarad shou”, “Fleshmob”, “25-kadr” rubrikasi, “Yangi yilda yangi qorbobo bilan” kabi bir-biridan qiziqarli dasturlar namoyish etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar, ijodiy chiqishlar nafaqat talabalarga, balki professor-o'qituvchilarga ham yuqori kayfiyat bag'ishladi.