English English English

“Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi

  25.10.2025 22:32:38    8


Institutning kitobsevar yoshlari uchun quvonchli onlardan biri — “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida yo‘lga chiqqan “Kitob karvoni” NamDPIga yetib keldi.


“Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi


Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzatov tomonidan taqdim qilindi.
Mazkur loyiha yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni ilm, ma’rifat va tafakkurga chorlashni maqsad qiladi. “Kitob karvoni” orqali yoshlarga minglab yangi nashrlar, badiiy va ilmiy asarlar, shuningdek, zamonaviy adabiyotlar taqdim etilmoqda.

“Kitob karvoni” — bu faqat kitoblar to‘plami emas, bilim, tafakkur va ilhom karvonidir.

Tafakkur manbai bo'lgan kitoblar to'plamini taqdim etgan Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasiga institut rahbaryati tomonidan minnatdorlik izhor etamiz!


“Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi “Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi “Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi “Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi “Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi “Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi “Kitoblar karvoni” Namangan davlat pedagogika institutiga yetib keldi