Latviyaning Toshkentdagi elchixonasi 2025-2026 o‘quv yillari uchun ta’lim va stipendiyalar e’lon qildi
27.03.2025 13:05:19 18
Latviyaning Toshkentdagi elchixonasi Respublikamiz talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun 2025-2026 o‘quv yillarida Latviyaning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini yaratish maqsadida stipendiyalar ajratilishini ma’lum qildi.

Mazkur stipendiyalar doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar nafaqat ta’lim olishlari, balki o‘z malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, yozgi maktablar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu qatnashchilar uchun qo‘shimcha bilim va tajriba olish imkonini beradi.
Qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni va ariza topshirish tartibini Latviyaning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy veb-saytidan topishingiz mumkin.
Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va o‘z ta’lim va ilmiy salohiyatingizni yanada rivojlantirishga intiling!
Rasmiy sayt: https://studyinlatvia.lv/