English English English

Malayziyadan gapiramiz...

  15.02.2025 11:00:33    31


NamDPI vakili Malayziyada AI-boshqaruv o'qituvchilarni rivojlantirish treningida ishtirok etmoqda

Namangan davlat pedagogika institutining Maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Munojatxon Asranbayeva Malayziyaning nufuzli Sultan Idris pedagogika universitetida tashkil etilgan "AI-boshqaruv o‘qituvchilarni rivojlantirish: Texnologiyalarni kengaytirish" mavzusidagi 144 soatlik xorijiy malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.


Malayziyadan gapiramiz...


Mazkur dastur doirasida zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayonlariga samarali integratsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Dastur doirasida qatnashchilar sun’iy intellektning asosiy tushunchalari, uning ta’lim sohasidagi qo‘llanilishi, shuningdek, Malayziyaning ilg‘or ta’lim tizimi va madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Treningning birinchi haftasida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga ta’siri, interaktiv o‘qitish usullari hamda o‘quv jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha maxsus ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishadi.
Institut vakili ham o‘z bilim va malakasini oshirish maqsadida mazkur dasturda faol ishtirok etib, kelgusida o‘z tajribalarini Namangan davlat pedagogika institutida o‘qituvchi hamda talabalariga umumtaʼlim maktablarida ommalashtirishni maqsad qilgan.
Mazkur xalqaro tajriba almashinuvi ta’lim sifati va pedagogik mahoratni yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 


Malayziyadan gapiramiz...