English English English

Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda

  25.04.2026 07:38:07    8


Namangan davlat pedagogika institutida maktab bitiruvchilarini kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishlarini ta’minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari izchil davom etmoqda.


Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda


Mazkur tashabbus doirasida Mingbuloq va Namangan tumanlaridagi umumta’lim maktablaridan 819 nafardan ortiq o‘quvchi institutga tashrif buyurdi.

Tadbir davomida bitiruvchi-yoshlar institut hayoti, ta’lim muhiti hamda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Jumladan, ular o‘quv binolari, auditoriyalar, ilmiy-uslubiy markazlar, zamonaviy texnik jihozlar hamda talabalarga yaratilgan boshqa qulayliklarni ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari tomonidan o‘quvchilarga mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, ta’lim olish imkoniyatlari hamda talabalik hayotiga oid muhim ma’lumotlar batafsil tushuntirib berildi.

Uchrashuv yakunida bitiruvchilarning institut faoliyati bilan bog‘liq savollariga atroflicha javob qaytarildi, ularning fikr va taassurotlari tinglandi.

E’tiborlisi, tashrif jarayonida maktab bitiruvchilaridan 580 nafardan ortig‘i Namangan davlat pedagogika institutida tahsil olish istagini bildirganligi mazkur tadbirning amaliy samarasi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.


Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda Bitiruvchilar tashrifi davom etmoqda