NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 6-SONLI KENGAYTIRILGAN KENGASH YIGʻILISHI BO'LIB O'TDI
30.01.2025 08:48:39 3
Kengash davomida:
— Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼatining 2024-yil 27-dekabr kungi yigʻilishi qarorlarini taʼminlash;
— Institut strukturasiga oʻzgartirish kiritish (Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi negizida kafedralar tashkil etish hamda amaldagi nomlarini mazmun jihatidan oʻzgartirish) toʻgʻrisida;
— Institutning ilmiy darajaga ega xodimlariga 2025-yil uchun qoʻshimcha haq toʻlash toʻgʻrisida;
— 2025-yil qabul qilingan tayanch doktorantlar ilmiy mavzulari va ilmiy rahbarlarni tasdiqlash toʻgʻrisida;
— Bitiruvchi magistrlarga DAK aʼzolarini tayinlash va dissertatsiya himoyalarini tashkil etish toʻgʻrisida;
— "Oʻqituvchi talaba nigohida" sotsiologik soʻrovnoma tahlili toʻgʻrisida;
— Xotin-qizlar maslahat Kengashining 2024-yil mobaynidagi faoliyati boʻyicha axboroti toʻgʻrisida;
— Institutda ijro intizomi va murojaatlar toʻgʻrisida;
Shuningdek, turli masalalar boʻyicha Kengash a'zolarining fikrlari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishining qarori qabul qildi.