Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat
14.03.2025 10:49:05 57
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori tomonidan Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabalari ishtirokida ichki turizmni rivojlantirish doirasida Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil qilindi.

Talabalarda muzeydagi o‘lkamiz o‘tmishi, xalqimiz turmush tarzi, xo‘jalik hayoti, madaniyati haqidagi muzey eksponatlari katta qiziqish uyg’otdi.
Shuningdek, talabalarga viloyatimizdagi Munchoqtepa va Axsikent yodgorliklari bo’yicha ham tushunchalar berildi.
Talabalar bu qadim shaharlar va topilmalar haqida o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.