“Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
25.03.2025 16:01:01 20
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliyaviy tahlil kafedrasi dotsenti Gulnora Nigmatova bilan “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Maqsad: bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarida sohaning iqtisodiy va moliyaviy bilim ko’nikmalarini ishlab chiqish bo‘yicha bilimlar bilan boyitishdan iboratdir.
Davra suhbatida dotsent tomonidan bo‘lajak mutaxassislarga maktabgacha ta’limning iqtisodiy hamda moliyaviy savodxonligini oshirish tomonlari to‘g‘risida to‘la ma’lumotlar berildi.
Suhbat so‘nggida G.Nigmatovaga institut rahbariyati tonomidan mazmunli suhbat uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari berildi.