Art pedagogika kafedrasi tashabbusi bilan respublika anjumani boʻlib oʻtdi.
23.04.2025 08:36:39 6
Namangan davlat pedagogika institutida Art pedagogika kafedrasi tashabbusi bilan "Art pedagogikada ijodiy muloqot hamda ilgʻor metodlar asosida taʼlim samaradorligini oshirish" mavzusida respublika anjumani boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumanda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor M.Qodirxonov boshchiligida kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar, shuningdek, Andijon davlat texnika instituti hamda Andijon davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Mazkur anjumanda:
Talabalarning kompozitsiya tuzish va tasvirlash koʻnikmalarini rivojlantirish usullari;
Chizma geometriya fanining davriy rivojlanish omillari;
STEAM yondashuvi doirasida musiqa fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilish imkoniyatlari;
Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar tarbiyasida musiqiy tarbiyaning oʻrni mavzusidagi masalalar muhokama qilindi.