NamDPI talabalari "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida
23.03.2025 16:07:14 21
Navro'z bayrami arafasida Namangan davlat pedagogika instituti Yevropa tillar kafedrasi Xorijiy til va adabiyoti yoʻnalishi talabalari fan o'qituvchisi X.Nishonova boshchiligida Namangan shahrida joylashgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida, talabalar keksalarni holidan xabar olib, ularga koʻtarinki kayfiyat ulashish, vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida kitoblar va boshqa turdagi sovg'alar ulashdilar.