English English English

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot

  20.04.2026 10:20:19    6


Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Mazkur taqdimot Namangan davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish, mavjud yutuqlarni e’tirof etish hamda kelgusidagi rejalarni belgilab olishga qaratildi. Taqdimot Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligida o‘tkazildi.


Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot


Tadbirda institut rektori B. Xusanov ishtirok etib, dastlab ma’naviy-ma’rifiy sohaning bugungi kundagi ahamiyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘zining muhim fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, rektor ushbu yo‘nalishda yanada samarali ishlash, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Taqdimot davomida:
-talaba-yoshlar o‘rtasida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,
-ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar,
-milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi tashabbuslar, turli tanlov, uchrashuv va davra suhbatlari natijalari keng yoritildi.
Shu bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. Jumladan, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ma’naviy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini oshirish kabi yo‘nalishlarga alohida urg‘u berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim xulosalar qilindi.


Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot