"BU BOG'LAR BIR BOG'LAR BO'LADI!"
18.03.2025 15:57:23 36
Bugun Jizzax viloyatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi doirasida “Ziyolilar bog‘i” loyihasi asosida yirik ko‘chat ekish marafoniga start berildi

"Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi!" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, xususan, Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov ham faol ishtirok etdi.
Ushbu loyihadan koʻzlangan maqsad talaba-yoshlarda ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiatga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish, atrof-muhitni muhofaza qilishdan iboratdir.
Mazkur marafon doirasida Namangan davlat pedagogika instituti vakillari ham alohida tayyorgarlik koʻrib, oliygoh hovlisi markaziga maxsus monitor oʻrnatildi. Hamda institut professor-oʻqituvchilari, xodimlaridan iborat jamoa koʻchat ekishni boshladi.
Ushbu hayrli tashabbus "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilib, barchani Ona tabiatni asrab-avaylashga, yashillikni saqlab qolishga, insonlar salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishga, kelajak avlodga yashil olam — yashil bogʻlar qoldirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.