NamDPI akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi V.Yoqubjonov tomonidan joylarda oʻrganish ishlari olib borildi.
10.04.2025 20:55:40 14
Namangan davlat pedagogika instituti akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi V.Yoqubjonov tomonidan joylarda oʻrganish ishlari olib borildi.
Tashrifdan maqsad — ta'lim muassasalarining ish faoliyatini oʻrganish, oʻquv jarayonida yuzaga kelgan muammolarni aniqlash va ularga tegishli metodik yordam ko‘rsatishdir.

Tashrif davomida ta'lim muassasalari bilan tanishib, oʻquv jarayonlarini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar bayon qilindi. Ijro hujjatlarida koʻrsatilgan ta'lim jarayonining samarali boʻlishi uchun o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yangi metodikalar va texnologiyalardan foydalangan holda o'qitish usullarini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, joylarda oʻquv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, darsliklar va oʻquv qo‘llanmalari bilan ta'minlash, o'qituvchilarni doimiy ravishda qayta tayyorlash masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Tashrif davomida konsepsional integratsiyalashgan muhitni barqarorlashtirishning muhimligi ta'kidlandi. Bu ta'lim tizimining samarali ishlashi va barqaror rivojlanishi uchun Namangan davlat pedagogika instituti va o'quv uslubiy boshqarmasi hamkorligini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.