Sun'iy intellect loyihalari bilan ishlash uchun mo'ljallangan Server clusteri ishga tushurildi
16.12.2025 14:32:00 30
Zamonaviy server klasteri ishga tushirildi
Namangan davlat pedagogika institutida sun’iy intellekt loyihalari bilan ishlashga mo‘ljallangan zamonaviy server clusteri muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Ushbu yuqori texnologik infratuzilma institutda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha institutning raqamli transformatsiya strategiyasi doirasida amalga oshirilib, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayonlariga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Server Clusterining Texnik va Amaliy Imkoniyatlari
🔧 Texnik imkoniyatlar
Protsessorlar:
- 2 dona Intel® Xeon® Silver 4316 (jami 80 yadro)
- 2 dona Intel® Xeon® Gold 6530 (jami 128 yadro)
Ma’lumotlarni saqlash hajmi:
- 148.11 TB (shundan 100 TB zahira – backup)
- Operativ xotira (RAM): 1006.71 GB
Grafik protsessor:
- NVIDIA L40S 48GB PCIe
🌐 Tarmoq va elektr ta’minoti:
- 10 dona 1 GB Ethernet port
- 4 dona 10 GB optik tolali interfeys
- 10 kW quvvatga ega UPS tizimi
🚀 Amaliy imkoniyatlar
- Ta’lim jarayonlarini sun’iy intellekt asosida raqamlashtirish
- Professor-o‘qituvchi, xodim va talabalar yo‘qlamasini avtomatlashtirish
- Dars jadvali va ish yuklamalarini SI asosida tahlil qilish
- Ilmiy ishlar va mustaqil topshiriqlarni antiplagiat tizimi orqali tekshirish
Mazkur server clusteri Namangan davlat pedagogika institutining raqamli rivojlanish strategiyasidagi muhim loyihalardan biri bo‘lib, ta’limda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.