Hamkorlikning amaliy natijasi: NamDPI talabalari qoʻgʻirchoq teatrida
10.03.2025 11:47:36 42
Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Namangan viloyati qo'g‘irchoq teatriga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” fanidan “Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati” mavzusini professional aktyorlar, soha mutaxassislaridan amaliy jarayonlarda kuzatishdi.
“Zumrad va Qimmat” ertagi jonli namoyish qilib berildi. Namoyishdan so‘ng aktyorlar qo‘g‘irchoq teatrining tarixiy ildizlari, Chodir Jamol, Chodir Hayol va Fonus Hayol qo‘g‘irchoq teatrlarining mazmuni, qahramonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, qo‘g‘irchoq turlari haqida batafsil tushunchalar berishdi.
Talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga muloqot davomida batafsil javob olishdi.
Marionetka, simli, trossli qo‘g‘irchoqlarni ishlatish, qo‘lqopli va barmoq qo‘g‘irchoqlarni shirma ortida o‘ynatish mahoratlari tushuntirildi.