English English English

“Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!”

  20.11.2025 08:37:16    5


Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik” shiori ostida ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


“Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!”


Tadbirni fakultet dekani Z.Abdullayev ochib berar ekan, atrof-muhitni asrash, unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, bolalar ongida tabiatga mehr, e’tibor va mas’uliyatni shakllantirish — bo‘lajak tarbiyachilarning eng muhim vazifalaridan biri ekanini alohida qayd etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — tabiatni asrash yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlarni targ‘ib qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va talabalarni ushbu jarayonda faol ishtirokga undashdan iborat bo‘ldi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga iliq kayfiyat ulashdi hamda ekologik mavzuning dolzarbligini yorqin aks ettirdi.


“Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!” “Tabiatni asraylik — kelajakni asraylik!”