Yoshlar Kengashida talabalarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
08.02.2025 11:42:54 69
O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti Yoshlar Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Dastlab koordinatorlar tomonidan yanvar oyida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar va ish rejada belgilangan vazifalar ko’rib chiqildi.
Shundan so’ng, talabalar tomonidan kiritilgan muhim masalalar va takliflar muhokama qilinib, tegishli yo’nalish koordinatorlariga faoliyati yuzasidan topshiriqlar berildi.