Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohiga tashrif
22.01.2025 09:01:53 18
Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi islom olamining muhim qadamjolaridan biridir.
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori M.Ruzimatovaga biriktirilgan akademik guruh O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabalarining bu galgi tashrifi aynan mazkur ziyoratgohga boʻldi.
Sulton Uvays Qaraniy islom va tasavvufda hurmatli shaxs bo‘lib, uning hayoti va faoliyati haqida ko‘plab afsonalar mavjud. Aytishlaricha, u islomni targ‘ib qilish maqsadida ushbu hududga kelgan va onasi Bibi Naima ona ham shu yerda dafn etilgan.
2017-yil 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ziyoratgohga tashrifidan so‘ng 6 gektar maydonda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu doirada Sulton Uvays Qaraniy maqbarasi to‘liq qayta qurildi, 1400 o‘ringa mo‘ljallangan masjid va tahoratxona, maqbara yonida ayvon, zamonaviy mehmonxona, milliy muzey va kutubxona, 3 ta favvora, dam olish ayvonlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etildi.
2021-yil 20-fevral kuni Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi nafaqat diniy ahamiyatga ega bo‘lgan maskan, balki ziyorat turizmini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu yerda ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ziyoratgoh hozirda Namangan viloyatining diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan.