English English English

“Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi.

  06.03.2025 17:13:52    69


Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan joriy yilning 5 mart kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Jamila Toshpo‘latovna hamda O‘zbekiston Faylasuflar Milliy jamiyati raisi, falsafa fanlari doktori, professor Nazarov Qiyom Normirzayevichlarning “Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi.


“Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi.


Ma’ruzani Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich ochib berdi.
Nazarov Qiyom Normirzayevich hamda Shermuxamedova Jamila Toshpo‘latovnalar 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash»ga e’tibor qaratilganligi, donishmandlar «Bitta qiz bolani o‘qitsangiz – butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz», deb bejiz aytmaganliklari, bu azaldan ayolni e’zozlashga qaratilgan, ajdodlardan meros an’analarni davom ettirishga yo‘l ochuvchi muhim omil ekanligi, zero, tarixdan yurtimizda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabat doim yuksak darajada bo‘lib, ajdodlarimiz ularni ona, yor, opa, singil sifatida qadrlab kelganligi, ana shunday urf-odat hamda an’analarimizni chuqur o‘rganish, xotin-qizlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni va xizmatlarini tadqiq va targ‘ib etish muhim ahamiyatga ega ekanligiga oid ma’lumotlarni ishtirokchilar e’tiboriga havola etishdi.

Mazkur ma'ruzada Namangan davlat pedagogika instituti vakillari ham masofaviy tarzda ishtirok etishdi.


“Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi. “Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi. “Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi. “Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi. “Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi.