Pedagogika fakultetida "Talabalar xavfsizligi kuni" oʻtkazildi
24.04.2025 09:31:33 4
Namangan davlat pedagogika institutida "Xavfsiz va sogʻlom yurt" oyligi doirasida Pedagogika fakultetida "Talabalar xavfsizligi kuni" oʻtkazildi

Profilaktik suhbatda institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Tajiboyeva, shuningdek, institut Xotin-qizlar psixologi, dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Suhbatda doirasida talabalar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, norasmiy va taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik, institutda belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, institutda har payshanba "Talabalar xavfsizligi kuni" ekanligi talabalarga yana bir bor eslatib oʻtildi.